“Barselona”ning qaysi futbolchisi koronavirusga chalingani ma'lum

Eldor Akmurzayev
12 avg 2020, 21:05
Ma'lum bo'lishicha, Jan-Kler Todiboning COVID-19 topshirgan test tahlillari ijobiy natija bergan.

U mavsumning yarmini ijara asosida “Shalke-04” safida o'tkazgan edi.

“Hammaga salom. Shuni ma'lum qilmoqchimanki, menda COVID-19 uchun topshirilgan test natijalari ijobiy natijani ko'rsatdi. Alomatlar yo'q, o'zimni yaxshi his etmoqdaman. Tibbiy bayonnomaga ko'ra hozirda uydaman. Mashg'ulotlarga qaytishni juda xohlayman, ammo sog'aygunimcha uyda qolishim zarur bo'ladi, deya yozgan futbolchi o'z Twitter'dagi sahifasiga.

Mundo Deportivo manbasiga ko'ra, Todibo YCHL 1/4 finali doirasida “Bavariya”ga qarshi o'yin uchun qaydnomadan joy olgan futbolchilar bilan hech qanday aloqada bo'lmagan.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Mundo Deportivo