"Barselona"ning ikki himoyachisi "Atletik"ka qarshi o'ynashga tayyor

Sherzod Nurmatov
24 yanv 2024, 23:51
Futbolchilar jamoaga yordam berishga shay holatda.

"Barselona" bosh murabbiyi Xavi Ernandes himoyachilar Joau Kanselu va Andreas Kristensen Ispaniya Kubogi chorak finalida "Atletik"ka qarshi o'ynashga tayyorligini ma'lum qildi. Futbolchilar "ko'k-anorranglilar"ning "Betis"ga qarshi oldingi o'yinini (4:2) o'tkazib yuborishdi.

"Kanselu va Kristensen yaxshi. Ular o'ynashga tayyor. Ularda daqiqalarga ega bo'ladi. Joau endi o'zini noqulay his etmayapti. U o'ynashni xohlamoqda. Kristensen bilan ham hammasi joyida", – dedi mutaxassis.

"Atletik" – "Barselona" uchrashuvi soat 01:30 da start oladi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Barca Centre