"Barselona"ning "Granada"ga qarshi o'yini qaydnomasiga 17 yoshli futbolchi kiritildi

Mirjalol Normatov
8 yanv 2021, 23:20
"Barselona" matbuot xizmati "Granada"ga qarshi o'yin uchun jamoa qaydnomasini ma'lum qildi.

Unga ko'ra, Kleman Langle diskvalifikaciya sababli uchrashuvni o'tkazib yuboradi. Ansu Fati, Jerar Pike, Filippe Koutino va Roberto jarohatidan forig' bo'lmagan. 17 yoshli Moriba esa ilk marta qaydnomadan o'rin olmoqda.

Darvozabonlar: Mark-Andre ter Ctegen, Neto, Penya.

Himoyachilar: Dest, Arauxo, Alba, Umtiti, Firpo, Mingesa.

Yarim himoyachilar: Buskets, Pyanich, Puch, Pedri, de Yong, Mateus Fernandes, Moriba.

Hujumchilar: Grizmann, Breytueyt, Messi, Fransisko Trinkau, Usman Dembele, de la Fuente.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal