"Barselona"ning "Granada"ga qarshi o'yin uchun qaydnomasi ma'lum qilindi

Mirjalol Normatov
19 yanv 2020, 18:14
"Barselona" tvitteri Ispaniya chempionatining 20-turi doirasida "Granada"ga qarshi o'yin uchun jamoaning qaydnomasini e'lon qildi.

Qayd etish kerak, ushbu ro'yxatdan jarohatdan qaytgan Mark-Andre ter-Shtegen hamda Artur kabi futbolchilar joy olgan.

Darvozabonlar: Mark-Andre ter Stegen i Neto.

Himoyachilar: Serji Roberto, Nelson Semedu, Jerar Pike, Kleman Langle, Samyuel Umtiti, Jordi Alba va Xunior Firpo.

Yarim himoyachilar: Serji Buskets, Arturo Vidal, Ivan Rakitich, Artur va Rikard Puch.

Hujumchilar: Lionel Messi, Antuan Grizmann, Ansu Fati va Karles Peres. 

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: twitter.com/fcbarcelona