"Barselona"ning bu seriyasi 38 o'yindan buyon buzulmayapti

Mirjalol Normatov
18 yanv 2019, 12:43
"Barselona" Ispaniya kubogining 1/8 finali doirasida "Levante"ga qarshi bahsda ishonchli tarzda g'alabaga erishdi, 3:0.

Kataloniya grandi ketma-ket 38-o'yinda gol urishga erishdi. Bu jamoaning eng yaxshi ikkinchi natijasi.

"Ko'k-anorranglilar"ning bu boradagi rekordi 1944 yilda qayd etilgan bo'lib, o'shanda jamoa ketma-ket 44 o'yinda raqiblari darvozasini ishg'ol qilgan.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal