"Barselona"ni boshqarish uchun yangi nomzod paydo bo'ldi

Alisher
4 okt 2019
"Barselona" "River Pleyt" bosh murabbiyi Marselo Galyardoni Valverdening o'rniga olib kelishi mumkin.

Agar Valverde yaqin vaqtlarda vaziyatni o'zgartira olmasa, 43 yoshli argentinalik "ko'k-anorranglilar" ustoziga aylanishi mumkin.

"Barselona" rahbariyati Galyardo bilan bu borada gaplashishga ham  ulgurishgan, ammo murabbiy Libertadores Kubogida ishtirok etayotgan "River Pleyt"dan ketmoqchi emas.

Argentinalik mutaxassisning klub bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2021 yilga qadar mo'ljallangan.

Galyardo murabbiylik faoliyatini Urugvayning "Nasonal" klubida boshlagan. "River Pleyt"da esa 2014 yildan beri faoliyat olib bormoqda.



AlisherMuallif
Manba: TNT Sports