Barselonani 16-o'ringa joylashtirib qo'ygan La Liga starti haqida

Narzulla Saydullayev
20 avg 2019, 14:25
Dam olish kunlari La liganing yang mavsumiga star berildi.

Ispan futbolini sog'inganlarga 1-tur o'yinlari kutilmagan voqeliklarga boy bo'lgani bilan zavq ulashdi. Hozir dastlabki turning eng qiziqarli uchrashuvariga to'xtalib o'tamiz.

Baskoniyada Barselonaning alamli mag'lubiyati. Yangi mavsum San-Mames o'yingohida Atletik Bilbao va Barselona o'rtasidagi bahs bilan start oldi. Ushbu uchrashuv yana bir bor isbotladiki, Messining o'yini o'xshasa Barsa jahonning eng kuchli klubiga aylanadi, ammo Messi bo'lmasa, yoki o'yini o'xshamasa, Alaves-u Leganeslar ham Barselonani bemalol ranjita oladi. Aslida, basklar o'lkasi ananalari va muxlislik madaniyatidan kelib chiqsak, Bilbao maydonida xotirjam to'p surish unch-muncha klubga nasib qilmaydi. Mazkur bellashuvning birinchi taymida Bilbao chin manoda katalonlarni yeb qo'ydi. Ammo, to'p nazorati va zarbalardagi ustunlik basklarga gol keltirmadi. 2-taymda esa o'yin nazorati ko'k-anor ranglilar tomonga o'tdi. Asosiy himoyachisi lazaretda bo'lishiga qaramay Atletik mudofaa chizig'i ishonchli harakat qildi. Mantiqan oladigan bo'lsak, Inyaki Uilyams, Raul Garciya va Ander Kapalar tomonidan bir necha bor abgor holatga keltirib qo'yilgan Barselona himoyasi shu kuni quruq o'yin o'tkazishga haqli emas edi. O'yin oxirida zahiradan bahsga qo'shilgan 38 yoshli(!) Aric Aduriz Barselona darvozabonini uyatli ahvolga tushirib qo'ygan takrorlanmas gol muallifiga aylandi. Yana kimga Barselona darvozasini bunaqangi uslubda ishg'ol etish nasib qiladi, Xudo biladi.



Madrid grandlaridan g'alabalar. Real Seltaga qarshi uchrashuvda mavsumlar oralig'ida sinovdan o'tkazilgan 5-3-2 taktik sxemasi emas, avvalgidek 4-3-3 sxemasi asosida maydonga chiqdi. 56-daqiqada Luka Modrich maydondan chetlatilishi oqibatida bir kishi kam bo'lin qolgan Qirollik kubi baribir tashabbusni boy bermadi va 3:1 hisobidagi haqli g'alabaga erishdi. Seltaning goliga zahiradan o'yinga qo'shilgan 18 yoshli Iker Losado mualliflik qilgani tahsinga sazovordir.


Yangilangan Atletiko esa Alvaro Morataning goli evaziga Xetafeni minimal hisobda mag'lub etishni uddaladi.


Ko'rshapalaklardan omad yuz o'girdi. Real Sosedadga qarshi teng kurashlar ostida kechgan bahsda Marselino Garciya Toral shogirdlari 90+10 daqiqaga qadar hisobda oldinda borishdi. Yakunda esa jamoalar bittadan ochkoga ega bo'ldi.Hakam qo'shib bergan daqiqalardagi asabiy holatlar yakunda penalti belgilanishiga olib keldi. Mehmonlar yetakchisi Migel Oyarsabal 90+10-daqiqada penaltidan unumli foydalanib jamoasiga 1 ochko keltirdi.


1-tur debyutantlar uchun omadli keldi. Yangi mavsumdan e'tiboran La ligaga qaytgan klublar dastlabki turda ajoyib natijalar qayd etishdi. Jumladan, Malorka Eybardan, Osasuna Leganesdan ustun kelgan bo'lsa, Granada Vilyarreal maydonidan 4:4 hisobidagi jangovor durang bilan qaytdi.

Birinchi turdan keyin, Real Madrid birinchi, safarda Deportivodan ustun kelgan Sevilya ikkinchi, sensacion tarzda Malorka 3-o'rinni band qilgan. Barselona esa jadvalning 16-pog'onasidan o'rin egalladi.



Dastlabki turda jami 26 ta gol kiritildi. Bu bir o'yinga o'rtacha hisobda 2,6 tadan to'g'ri keladi. Bundan tashqari qo'polliklarga boy bo'lgan uchrashuvlarda jami 6 ta qizil kartochka ko'rsatilgani e'tiborga loyiqdir.


VIDEO. LaLiga. 1-tur o'yinlarining videosi bitta sahifada


2-tur bahslari 23 avgustdan start oladi. Mazkur bahslar, ular ichidagi va atrofidagi eng so'ngi yangiliklar va ma'lumotlarni bizning saytimizda kuzating. Biz sizga eng yaxshisini ilinamiz!


2-tur
23 avgust

Granada - Sevilya
Levante - Vilyarreal

24 avgust
Osasuna - Eybar
Real Madrid Valyadolid
Selta - Valensiya
Xetafe - Atletik

25 avgust
Alaves - Espanol
Malorka - Real Sosedad
Leganes - Atletiko
Barselona - Betis




Faxriddin Ro'ziev tayyorladi

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia