“Barselona” yarim himoyachisi: “Levandovski bilan birga o'ynashni xohlayman”

Eldor Akmurzayev
13 iyun 2022, 09:50
“Barselona” yarim himoyachisi Frenki de Yong “Bavariya” forvardi Robert Levandovski haqida fikr bildirdi.

“U qoyilmaqom futbolchi, dunyodagi eng zo'rlaridan biri. “Barsa”dagi kelajagi uning o'ziga bog'liq. Levandovski bilan bir jamoada o'ynashni istardim albatta”, deydi niderlandiyalik.

Avvalroq, “Manchester Yunayted” Levandovski uchun kurashga qo'shilgani, shuningdek, de Yongning ham o'z safiga qo'shib olishga harakat qilayotgani xabar qilingandi.

Polshalik yakunlangan mavsum “Bavariya” safida 47 o'yinda 50+7 natija ko'rsatdi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano