"Barselona" Xolandning o'rniga boshqa forvardni o'z safiga qo'shib olishi mumkin

Alisher
15 may 2021, 18:03
"Real Sosedad" hujumchisi Aleksandr Isak mavsum so'nggida boshqa klubga o'tishi mumkin.

21 yoshli futbolchining transferiga "Barselona" qiziqish bildirmoqda. "Ko'k-anorranglilar" 21 yoshli shvedni "Borussiya" (Dortmund) hujumchisi Erling Xolandning o'rniga xarid qilishi mumkin.

Aleksandr joriy mavsum Ispaniya chempionatida 32ta o'yinda maydonga tushib, 14ta gol va 2ta assist qayd etdi.

Futbolchining transfer narxi 30 million evroni tashkil etadi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Marca