"Barselona" xavbeki Buskets boshqa jamoaga o'tishi mumkin

Alisher
2 avg 2019, 17:57
Oriol Buskets faoliyatini boshqa klubda davom ettirishi mumkin.

Bir yo'la Yevropaning 4 klubi "Barselona"ning yosh futbolchisiga qiziqish bildirmoqda. Bular "Borussiya M", "Sassuolo", "Granada" va "Malorka" klublaridir.

"Ko'k-anorranglilar" esa futbolchi bo'yicha barcha takliflarni ko'rib chiqishga tayyor. Faqatgina, "Barselona" yosh futbolchisini ijaraga beradi.

Buskets yakunlangan mavsum "Barselona B" tarkibida 30ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol urishga erishgan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: SPORT