"Barselona" xarid qilish kerak bo'lgan bir variantdan voz kechdi

Aslanov Jasurbek
13 avg 2017, 12:43
"Barselona" rahbariyati "Yuventus" forvardi Paulo Dibalaga boshqa da'vogarlik qilmaydi.

Kataloniyaliklar sport direktori Robert Fernandesning fikricha, Dibala Lionel Messi bilan birga o'ynab keta olmaydi.

"Barselona"ning barcha rahbarlari ham Fernandesning fikriga qo'shilgani yo'q, biroq ko'k-anorranglilar kamida shu transfer oynasida Dibalani xarid qilmaydi. Oldinroq "Barselona" 23 yoshli forvardni Neymar o'rniga olib kelmoqchi edi.

Dibala va "Yuventus" o'rtasidagi bitim 2022 yilning yozida yakuniga etadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Mundo Deportivo