"Barselona" Villian bo'yicha taklif narxini oshirdi

Aslanov Jasurbek
21 iyul 2018, 10:56
"Barselona" yarim himoyachi Villianni sotib olish bo'yicha "Chelsi"ga uchinchi taklifni yubordi.

Ma'lumotlarga ko'ra, "Barsa" futbolchi uchun 72 mln. evro taklif qilmoqda. Bu avvalgi taklifdan 2 mln. evroga ko'p.

Oldinroq, MYU rahbariyati 29 yoshli braziliyalik uchun 80 mln. evro taklif qilishga tayyorligi e'lon qilingan edi.

So'nggi mavsum 29 yoshli braziliyalik yarim himoyachi APLning 36ta uchrashuvida maydonga tushib, 6ta gol urdi va 7ta golli pas berdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sky Sports