“Barselona” Vidalni sotib yuborishga tayyor

9 apr 2019, 08:57
“Barselona” jamoaning chililik yarim himoyachisi Arturo Vidalni sotib yuborishi kutilmoqda.

31 yoshli Vidalga ayni damda “Boka Xuniors” jamoasi jiddiy qiziqish bildirmoqda. Argentinaliklar bu haqda allaqachon kataloniyaliklar rahbariyatiga ma'lum qilgan. Klub futbolchi uchun 18 mln evro to'lamoqchi. Ma'lumot uchun, Arturo o'tgan yozda “Bavariya”dan aynan 18 mln evro evaziga “Barselona”ga o'tgandi.

Uning amaldagi shartnomasi 2021 yilda yakuniga etadi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Marca