

Avval xabar berilganidek, 29 yoshli futbolchini "Barselona" o'z safiga qo'shib olish imkoniyatini ko'rib chiqmoqda, shuningdek fransiyalik futbolchining xizmatlariga Saudiya Arabistonining "Neom", Turkiyaning "Galatasaroy" va Fransiyaning "Lion" klublari ham qiziqish bildirmoqda, deya xabar bermoqda jurnalist Ekrem Konur.
Futbolchining o'zi hali kelajagi borasida yakuniy qarorga kelgani yo'q. Benjamin Pavarning transfermarkt talqiniga ko'ra narxi 25 mln evroni tashkil qilmoqda.
Himoyachi "neradzurrilar" safiga 2023 yilning yozida "Bavariya"dagi to'rt yildan so'ng o'tgandi.



