"Barselona" va Xavi shartnoma bo'yicha kelishuvga erishdi. U "Al Sadd"dagidan kamroq maosh oladi

Alisher
3 noya 2021, 11:37
"Al Sadd" bosh murabbiyi Xavi tez orada "Barselona"ni qabul qilib oladi.

"Ko'k-anorranglilar" 41 yoshli mutaxassis bilan shaxsiy shartnoma bo'yicha kelishuvga erishishdi.

Klub sobiq sardori "Al Sadd"dagidan kamroq maosh oladi. Shuningdek to'lovning katta qismi erishiladigan yutuqlarga bog'liq.

Eslatib o'tamiz, Ronald Kumaning iste'fosidan so'ng Serxi Barxuan "Barsa"ni vaqtinchalik boshqarmoqda.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Mundo Deportivo