"Barselona" va "Sevilya" Maffeoga qiziqish bildirmoqda

Sherzod Nurmatov
15 iyul 2023, 17:57
"Malorka" himoyachisi Pablo Maffeo faoliyatini boshqa klubda davom ettirishi mumkin.

Bu haqda TV3 xabar qildi.

Manbaga ko'ra,  "Barselona" 26 yoshli ispaniyalik futbolchiga da'vogarlik qilmoqda, ammo futbolchiga "Sevilya" tomonidan qiziqish ham qiziqish mavjud.

Maffeo "Espanol" va "Manchester Siti" tarbiyalanuvchisi sanaladi. O'ng qanot himoyachisi o'tgan mavsum La Liganing 35 ta o'yinida maydonga tushib, 2 ta gol urgan va 3 ta golga assistentlik qilgan edi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: TV3