“Barselona” va “Real” 20 yoshli hujumchi uchun kurashadi

15 noya 2018, 10:02
Zagrebning “Dinamo” klubi hujumchisi Dani Olmo grandlar nigohida.

Dani Olmo “Barselona” tarbiyalnuvchisi hisoblanadi. U klub akademiyasini 2014 yilda tark etgan. Kataloniyaliklar 20 yoshli futbolchining agentlari bilan uchrashishga ulgurgan. “Real” ham Olmoni o'z safiga qo'shib olishga jiddiy bel bog'lagan. “Dinamo” esa hujumchisini 24 mln evro evaziga qo'yib yuborishga tayyor.

Olmo “Dinamo” safida 2015 yil fevralida debyut qilgan. U joriy mavsum klub safida 10 ta o'yin o'tkaizb, 2 ta gol urdi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Mundo Deportivo