“Barselona” va “Man Siti” o'zaro xayriya uchrashuvi o'tkazadi

Eldor Akmurzayev
21 iyun 2022, 08:40
24 avgust kuni “Kamp Nou”dan xayriya o'yini tashkil qilinadi.

Unda “Barselona” o'z maydonida “Manchester Siti”ni qabul qiladi. Bahsdan tushadigan barcha pullar amyotrofik lateral skleroz kasalligini davolash bilan shug'ullanuvchi tashkilotga o'tkazib beriladi.

“Siti” kataloniyaliklarga qarshi bahsdan keyin Angliyaga qaytadi va chempionat doirasida “Kristal Pelas” bilan o'ynaydi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: fcbarcelona.com