"Barselona" va "Betis" Rafinya Alkantara borasida kelishib olishdi

Aslanov Jasurbek
29 avg 2018, 08:01
"Barselona" va "Betis" yarim himoyachi Rafinya Alkantara ijarasi borasida kelishuvga erishishdi.

Ma'lumotlarga ko'ra, tomonlar kelisha olmagani tufayli muzokaralar uzoq davom etdi. "Barselona" yarim himoyachini sotib yubormoqchi edi, "Betis" esa futbolchini faqat ijaraga olishni istadi.

"Barselona" 25 yoshli braziliyalikni ijaraga berishga rozi bo'ldi. "Betis" Rafinyaning bir mavsumlik ijarasi uchun 1,5 mln evro to'laydi.

Rafinya "Barselona" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sport.es