"Barselona" tufayli Malkomning "Roma"ga transferi bekor bo'lishi mumkin

Aslanov Jasurbek
24 iyul 2018, 16:13
"Bordo" hujumchisi Malkomning "Roma"ga o'tishi bekor bo'lishi mumkin.

23 iyul kuni "Roma" "Bordo" bilan braziliyalik futbolchi borasida kelishib olganini e'lon qildi va forvard tez orada Rimda tibbiy ko'rikdan o'tishi kerak edi. Biroq futbolchi Italiyaga uchmadi, chunki Fransiya klubi transferni bloklab qo'ydi.

Ma'lumotlarga ko'ra, voqealarning bunday rivojlanishiga "Barselona"ning taklifi sabab bo'ldi. Ko'k-anorranglilar "Bordo"ga Malkom uchun 41 mln. evrolik taklif yuborishdi. Kataloniya klubi "Chelsi" xavbeki Villianni sotib ololmaganidan so'ng, e'tiborni boshqa futbolchiga qaratdi. "Chelsi" o'z futbolchichini 70 mln. evroga baholadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Mundo Deportivo