"Barselona" tibbiy sabablar tufayli "Yuventus"ga qarshi o'yinni bekor qildi

Mirjalol Normatov
22 iyul 2023, 23:53
"Barselona" 23 iyul kuni "Yuventus"ga qarshi o'ynashi kerak edi.

Ammo bahs tibbiy sabablar tufayli o'tkazilmaydigan bo'ldi. Gap shundaki, "Barselona"da  virusli gastroenterit tarqalgan. Shifokorlar esa kasallikning tarqalishini oldini olish maqsadida sparringni bekor qilishgan.

Ilk kasallik Jyul Kundeda aniqlandi. Shuningdek, yana bir qancha futbolchilar kasallik yuqtirib olgan bo'lishi mumkin.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Mundo Deportivo