"Barselona" taqdirga tan berdi. Kataloniyalikar Uilyamsning o'rniga uch nafar futbolchidan birini sotib olmoqchi

Khoja
13 avg 2024, 08:32
"Atletik" futbolchisi Niko Uilyams joriy mavsum Kataloniya klubiga o'tmasligi ma'lum bo'lganidan so'ng "Barselona" boshqa futbolchilar bilan muzokara olib bormoqchi.

Mundo Deportivo xabariga ko'ra, Barselona Uilyamsning transferi uchun sarflamoqchi bo'lgan 62 mln evroni boshqa vingerning transferi uchun ishlatmoqchi.

Kataloniya klubi ko'rib chiqayotgan nomzodlar orasida Luis Dias (Liverpul), Kingsli Koman (Bavariya) va Rafael Leau (Milan) singari futbolchilar joy olgani xabar qilingan.

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: championat.com