"Barselona" Suaresning o'rniga boshqa nomzod topib qo'ydi

Mirjalol Normatov
17 okt 2018, 20:33
"Barselona" rahbariyati hujumchi Luis Suaresning o'rniga boshqa futbolchi topib qo'ydi.

"Football Espana" xabariga ko'ra, "ko'k-anorranglilar" rahbariyati yig'ilish o'tkazgan va unda urugvaylikning sotilishi muhokama qilingan. Qatnashchilarning katta qismi uning sotilishini istashgan. Shuningdek, uning o'rniga boshqa futbolchi ham tanlab olishgan.

Aytilishicha, urugvaylik yozda sotib yuboriladi va uning o'rniga "Liverpul"dan Roberto Firmino transfer qilinadi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Football Espana