"Barselona" sobiq hujumchisi yanvarda "Real"ga o'tishi mumkin

Aslanov Jasurbek
22 okt 2018, 15:10
"Real"dagilar jamoa kam gol urayotganidan havotirda va buning echimlarini izlay boshlashdi.

Ma'lumotlarga ko'ra, "qaymoqranglilar" rahbariyati qishki transfer oynasida "Barselona" sobiq hujumchisi, ayni damda "Los-Anjeles Gelaksi" sharafini himoya qilayotgan Zlatan Ibragimovichni olib kelmoqchi. Shvedning amerikaliklar bilan shartnomasi qishda yakuniga etadi va u erkin agent sifatida "Real"ga o'tishi mumkin. "Qaymoqranglilar" 37 yoshli forvard bilan qisqa muddatli bitim tuzishmoqchi.

Oldinroq, Ibragimovich xizmatlariga "Milan" qiziqish bildirayotgani e'lon qilingan edi. Zlatan Ibragimovich faoliyati davomida "Malmyo", "Yuventus", "Inter", "Barselona", PSJ va "Manchester Yunayted" klublari sharafini himoya qilgan.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: COPE