O'yin so'nggida ikkita qizil kartochka olgan "Barselona" markaziy uchrashuvda "Sevilya"ni yirik hisobda mag'lub etdi

Alisher
7 okt 2019, 01:53
La Liga 8-turidan o'rin olgan "Barselona" va "Sevilya" o'rtasidagi o'yinni birgalikda kuzatib bordik.

La Liga. 8-tur

"Barselona" - "Sevilya" 4:0

Gol: 27 Suares 1:0, 30 Arturo Vidal 2:0, 35 Usmon Dembele 3:0, 78 Lionel Messi 4:0

"Barselona": ter Shtegen, Serji Roberto, Todibo, Semedu, Pike, Vidal, Artur, de Yong, Dembele, Suares, Messi. 

"Sevilya": Vaclik, Karrisu, Diego Karlos, Regilon, Navas, Banega, Fernando, Okampos, Oliver Torres, Nolito, de Yong. 



O'YIN YAKUNLANDI

90. Ikkinchi bo'limga hakam tomonidan 3 daqiqa qo'shib berildi.

88. Ana xolos. Hakam Dembelega etiroz bildirgani uchun ikkinchi sariq kartochkani ko'rsatgan holda maydondan chetlatdi.

87. Qizil kartochka. "Barselona" tarkibida debyut o'yinini o'tkazayotgan Ronald Arauxo qizil kartochka oldi. U birga-bir chiqib borayotgan Chicharitoni yiqitgan edi.

84. "Barselona" himoyachisi Jerar Pike to'pni tepib yuborgani uchun hakam tomonidan ogohlantirildi. U keyingi o'yinni o'tkazib yuboradigan bo'ldi.

78. GOOOOOOOOOL! Messi jarima to'pini Vaclik qo'riqlayotgan darvozaga joylab qo'ydi.

77. Kambek qilish qiyinga o'xshamoqda. "Sevilya"ning hujumlari muvaffaqiyatsiz chiqmoqda. Vaqt esa tobora kam qolmoqda.

73. Valverde majburiy o'zgarishni amalga oshirdi. O'zini yomon his qilayotgan Todibo o'rniga debyut qilayotgan Ronald Arauxo tushirildi.

70. "Barsa" tarkibida o'zgarish: Rakitich Vidalni almashtirdi.

68. Dembele! U kutilmaganda birga-bir vaziyatga chiqib ketdi. Muxlislar gol kutayotgan bir lahzada Dembele to'pni osmonlarga tepib yubordi.

65. Mehmonlar tarkibida so'nggi o'zgarish. Lyuk de Yong o'rnida bundan buyog'iga Chicharito harakat qiladi.

65. "Ko'k-anorranglilar" tarkibida o'zgarish. Maydonga Artur o'rniga Serxio Buskets tushirildi.

60. Messi! Argentinalik afsona jarima maydonchasiga kirib borib zarba berdi, ammo mehmonlar posboni Vaclik qiyinchilik bilan to'pni bartaraf etdi.

58. Xavfli vaziyat! "Sevilya" futbolchisi Okamposning jarima maydonchasi ichidan bergan zarbasi darvoza ustuni yuqorisidan o'tib ketdi.

55. "Sevilya" vaziyatni o'nglash maqsadida oldinga tashlanmoqda. Ammo, hujumlar mehmonlar o'ylaganidek chiqmayapti.

50. "Barselona" onlayn jadvalda "Atletiko"dan 1 ochko o'tib ketgan holda 2-o'rinda bormoqda. 1-o'rindagi "Real" bilan o'rtadagi farq 2 ochkoni tashkil etadi.

46. "Sevilya" tarkibida ikkinchi bo'lim oldidan ikki o'zgarish ro'y berdi. Oliver Torres o'rniga Moreno tushgan bo'lsa, El Xaddadi Nolitoni almashtirdi.

46. Ikkinchi bo'limga start berildi!

TANAFFUS

45. Birinchi taymga hakam tomonidan 1 daqiqa qo'shib berildi.

42. Ever Baneganing burchak zarbasidan uzatib bergan to'pi himoyachilar tomonidan qaytarildi

35, GOOOOL! "Barselona" gollar yomg'irini boshlab yubordi, bu safar Usmon Dembele o'z nomini tabloga yozib qo'ydi - 3:0!

30. GOOOOL! Arturning pasidan keyin Arturo Vidal  oradagi farqni oshirdi - 2:0!

27. GOOOOL! Luis Suares qaychi uslubida gol kiritib, hisobni ochdi!

25. Luk De Yong bosh bilan Ter Shtegen darvozasini ish-ol etmoqchi edi, lekin zarba noaniq 

23. Messi jarima zarbasini noaniq amalga oshirdi.

22. Ogohlantirish! O'yinni cho'zgani uchun Serxio Regulonga sariq kartochka ko'rsatildi. 

18. Luk De Yongning zarbasi darvoza to'sini yonidan o'tib ketdi

13. "Sevilya" navbatdagi xavfli vaziyatni yaratdi. Burchakdan uzatilgan to'pga mehmonlar futbolchisi boshi bilan zarba berdi. Ammo, zarba biroz noaniq ketdi.

11. Xavfli vaziyat! Qanotdan Okampos to'pni Lyuk de Yongga etkazib berdi. U darvoza tomon to'xtatmasdan zarba berdi, ammo germaniyalik posbon seyv ijro etdi.

10. Hozircha jiddiy xavfli vaziyatlar ro'y bermadi. Goh "Barsa", goh "Sevilya" keskinroq hujum tashkil etishga harakat qilishmoqda.

4. Ilk daqiqalardanoq ko'rinib turibdiki, "Sevilya" bugun ikkinchi raqam bo'lib o'ynamoqchi emas. Mehmonlar hozircha ko'proq oldinga o'tishmoqda.

1. O'yin boshlandi!

- Assalomu alaykum championat.asia kuzatuvchilari. Sizlarni Ispaniya chempionati 8-tur markaziy uchrashuviga taklif etamiz. Tez orada "Kamp Nou"da boshlanadigan "Barselona" va "Sevilya" jamoalari o'rtasidagi bahsni birgalikda kuzatib boramiz.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: championat.asia