"Barselona" Reshfordni o'z tarkibiga qo'shib olishni istamoqda. Futbolchi ham rozi

Administrator
28 may 2025, 21:49
"Barselona" Markus Reshfordni o'z safiga qo'shish masalasini ko'rib chiqmoqda.

Diario Sport xabar berishicha, chorshanba kuni kataloniyaliklar sport direktori Deku Reshfordning vakili bilan uchrashib, "MYU" hujumchisining ehtimoliy transferini muhokama qilgan. "Barselona" bosh murabbiyi Xans-Diter Flik ham ko'k-qizillar safida o'ynashni orzu qilayotgan futbolchini jamoaga qo'shib olishga rozilik bergan.

"Barselona" Markusni sotib olish huquqi bilan ijaraga olishni rejalashtirmoqda. Shu bilan birga, dastlab kataloniyaliklar "Liverpul"dan Luis Dias nomzodini ko'rib chiqqanligi, biroq uning transferini amalga oshirish qiyin bo'lishi takidlanmoqda.

Reshford 2024/25 yilgi mavsumning ikkinchi yarmini ijara asosida "Aston Villa"da o'tkazdi. Bugun u "Aston Villa" muxlislariga xayrlashuv maktubini yozdi.

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: Diario Sport