"Barselona" Rakitichni "Arsenal" futbolchisi bilan almashmoqchi

Alisher
26 dek 2019, 11:10
"Barselona" va "Arsenal" qishda futbolchi almashishlari mumkin.

Kataloniya klubi "to'pchilar" o'yinchisi Mesut O'zilni o'z tarkibiga qo'shib olmoqchi va uning o'rniga Ivan Rakitichni taklif qilmoqchi.

Xabar qilinishicha, "ko'k-anorranglilar"ga ijodkor xavbek kerak. Shu sabab O'zilga e'tibor qaratishmoqda.

Eslatib o'tamiz, "Barselona" rahbariyati Erneston Valverdega transferlar uchun 75 million evro bergan edi.

O'zil joriy mavsum APLda 8ta o'yinda maydonga tushib, 1ta assist qayd etgan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: RAC1