"Barselona" rahbariyati jamoa o'yinidan qoniqmayapti

Sherzod Nurmatov
2 sen 2021
"Barselona" bosh murabbiyi Ronald Kumanning kelajagi xavf ostida.

Adria Soldevilyaning so'zlariga ko'ra, "ko'k-anorranglilar" rahbariyati jamoaning "Atletik" Bilbao (1:1) va "Xetafe"ga (2:1) qarshi ko'rsatgan o'yinini qoniqarsiz darajada deb hisoblamoqda.

Manbaga ko'ra, boshqaruv kengashi jamoaning uslubi yanada jozibali bo'lishini xohlaydi.

Eslatib o'tamiz, oldinroq agar jamoa mavsum oxirida Chempionlar Ligasi yoki La Ligada g'olib chiqsa, "Barselona" Kuman bilan shartnomani uzaytirishga tayyor ekanligi haqida xabar berilgandi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Goal.com