"Barselona" rahbariyati Dembele bilan shartnoma uzaytirilishiga ishonmaydi

Alisher
8 apr 2022, 14:44
"Barselona" rahbariyati hujumchi Usmon Dembele klub bilan shartnomasini uzaytirmaydi va PSJga o'tadi deb hisoblamoqda.

Fransiyalik vingerning kataloniyaliklar bilan tuzgan amaldagi shartnomasi joriy yilning yozida yakuniga etadi.

24 yoshli futbolchi joriy mavsum "ko'k-anorranglilar" tarkibida 23ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol va 10ta assist qayd etdi.

Dembele "Barselona"ga 2017 yilda Dortmundning "Borussiya" klubidan 105 million evro evaziga o'tgan edi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Goal