"Barselona" qishda yangi o'yinchilarni xarid qila olmaydi

Sherzod Nurmatov
16 noya 2022, 16:26
Kataloniyaliklar vaziyatni o'nglashga umid qilishmoqda.

"Barselona" qishda yangi o'yinchilarni qo'lga kirita olmaydi. Bu haqda Kataloniya klubi prezidenti Joan Laporta aytib o'tdi.

"La Ligadagi moliyaviy feyr-pley qoidalariga ko'ra, biz yanvar oyida futbolchilar bilan shartnoma imzolay olmaymiz. Biz La Ligani yanada moslashuvchan bo'lishga va boshqa turdagi operaciyalarga ruxsat berishga ko'ndirishga harakat qilmoqdamiz", – dedi funkcioner.

Avvalroq Laporta Yevropa Superligasi loyihasining afzalliklari haqida gapirgan edi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: COPE