"Barselona" Pyanichni "Yuventus"ga qaytarishi mumkin

Alisher
11 may 2021, 17:16
Turinning "Yuventus" klubi bosniyalik xavbek Miralem Pyanichni ortga qaytarmoqchi.

"Keksa sinora" bu borada Kataloniyaning "Barselona" klubi bilan muzokaralarga kirishdi. Tomonlar Pyanichni urugvaylik yarim himoyachi Rodrigo Bentankur bilan almashinuvini muhokama qilishdi.

Miralem "Barselona"ga braziliyalik xavbek Artur bilan almashinuv doirasida kelgan edi. 31 yoshli futbolchi "ko'k-anorranglilar" bilan 2024 yilning o'rtalariga qadar shartnoma imzolashdi.

Pyanich joriy mavsum Ispaniya chempionati doirasidagi 17ta o'yinda maydonga tushdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: RAC1