"Barselona" - PSJ uchrashuvini kim boshqaradi?

Aslanov Jasurbek
7 mar 2017, 14:44
Chempionlar ligasining 1/8 final javob uchrashuvlari qatoridan joy olgan "Borussiya" D - "Benfika" hamda "Barselona" - PSJ bahslarini boshqaradigan hakamlar nomi e'lon qilindi.

"Borussiya" hamda "Benfika" o'rtasidagi o'yinni Martin Atkinson brigadasi boshqarib boradi. Unga qanotlarda Stien Chayld, Styuart Bert yordam beradi.

"Barselona" - PSJ uchrashuvida Deniz Aytekin brigadasi ishlaydi. Assistentlar - Gvido Klefe, Markus Xeker.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com