"Barselona" prezidenti Klopp bilan uchrashadi

Sherzod Nurmatov
7 fev 2024, 14:30
Joan Laporta yaqin haftalarda "Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp bilan Kataloniya klubida xuddi shunday lavozimga tayinlanishi mumkinligi yuzasidan uchrashishni rejalashtirmoqda.

Biroq germaniyalik mutaxassisning atrofidagilar uning yozda inglizlar jamoasini tark etib, 1 yillik tatilga chiqish istagi umuman o'zgarmaganini tasdiqlashdi.

Qo'shimcha qilishlaricha, Laporta Pep Gvardiolani "ko'k-anorranglilar" murabbiyi sifatida ko'rishni istardi, ammo bu variant hozircha haqiqatdan yiroq.

Eng munosib nomzodlar orasida Xans-Diter Flik va "Portu"dan Serjiu Konseysau ham bor.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: AS