"Barselona" Pikedan tezroq qutulmoqchi

Sherzod Nurmatov
22 okt 2022, 14:57
Kataloniya klubi himoyachisi Jerar Pike katta ehtimol bilan 2024 yilgacha mo'ljallangan shartnomasi yakuniga qadar jamoadan ketadi.

Sport.es ma'lumotlariga qaraganda, "ko'k-anorranglilar" 35 yoshli futbolchi bilan hamkorlikni davom ettirishni istamayapti va ispaniyalik futbolchi bilan tezroq xayrlashish imkoniyatlarini qidirmoqda.

Pike "Barselona" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Tajribali himoyachi joriy mavsumda 7 ta o'yinda maydonga tushdi. 

"Barselona" bosh murabbiyi Xavi so'nggi o'yinlarda Pikeni markaziy himoyachilar yetishmovchiligi tufayli maydonga tushirdi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Sport.es