Barselona o'z rekordini takrorladi. La Liga rekordigacha 2ta o'yin bor

Narzulla Saydullayev
30 apr 2023, 08:35
Barselona La Ligada quruq o'yinlar bo'yicha o'tgan asrda o'rnatilgan rekordini takrorladi.

Xavi jamoasi bu mavsum hozircha 24ta bahsda gol o'tkazmadi.

Kataloniya klubining rekordi 1986/87 yilgi mavsumda o'rnatilgan. O'shanda darvozani Andoni Subisarreta qo'riqlardi.

La Liganing mutlaq rekordi esa Deportivoga tegishli. 1993/94 yilgi mavsumda La Korunya klubi 38ta bahsdan 26tasida gol qo'yib yubormagan.

Osasuna, Espanol, Real Sosedad, Valyadolid, Malorka va Selta – Barselonaning bo'lajak raqiblari.



O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: twitter.com/pedritonumeros