"Barselona" Osiyodan bosh murabbiy olib kelmoqchi

Mirjalol Normatov
10 yanv 2020, 20:12
"Barselona" rahbariyati jamoaning sobiq futbolchisi Xavini bosh murabbiy sifatida qaytarishni muhokama qildi.

Bu haqda "Mundo Deportivo" nashri xabar bermoqda. "Barselona" bosh direktori Oskar Grau hamda sport direktori Erik Abidal bugun Dohaga uchib borgan va 39 yoshli mutaxassis bilan gaplashib ko'rgan.

"Barselona" tarkibida 1998-2015 yillarda harakat qilgan Xavi ayni damda "Al Sadd"ni boshqarmoqda.

Oldinroq "Barselona" rahbariyati nomzod topilmaguncha Ernesto Valverdeni iste'foga chiqarmasligi borasida ma'lumotlar berilgandi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Mundo Deportivo