"Barselona" Obameyang va Vernyerdan voz kechdi, klub boshqa hujumchiga qiziqmoqda

Alisher
22 yanv 2020, 12:22
"Barselona" jarohatlangan Luis Suaresning o'rniga boshqa hujumchi qidirish harakatiga tushgan.

Kataloniyaliklar Per-Emerik Obameyang va Timo Vernerlarni xarid qilish huquqi bilan ijaraga olishga harakat qilishdi, ammo "Arsenal" va "RB Leyptsig" bu taklifga rad javobini berishdi.

"Barselona" endi "Monako" forvardi Vissam Ben-Yedderga qiziqishni boshladi.

Fransiyalik hujumchi joriy mavsum barcha musobaqalarda 34ta o'yinda maydonga tushib, 19ta gol va 3ta assist qayd etgan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: sport.es