"Barselona" Niderlandiya FFga 4-5 mln evro to'laydi

Mirjalol Normatov
18 avg 2020
Ronald Kumanni bosh murabbiy etib tayinlash uchun "Barselona" Niderlandiya futbol federatsiyasiga tovon pulini to'lashi kerak.

"La Vanguardia" xabariga ko'ra, kelishuvda mutaxassisning shartnomasi buziladigan bo'lsa, klub federatsiya hisobiga 4-5 mln evro pul o'tkazib berishi kerak bo'ladi.

Aslini olganda bu summani Kumanning o'zi to'lashi kerak, lekin mutaxassis "Barselona"ga ko'proq kerak bo'lmoqda.

Bir necha hujjatlarni rasmiylashtirib olganidan keyin "Barselona" mutaxassisni ommaga tanishtirishni rejalashtirmoqda. Uning tanishtiruv marosimi 20 avgust kuni bo'lib o'tishi kutilmoqda.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal