"Barselona": "Neymar bo'yicha takliflarni ko'rib chiqmaymiz"

Tolibjon Qosimov
18 iyul 2017, 11:29
"Barselona" o'zining yetakchilaridan biri Neymarning sotilishi mumkinligini hatto ko'rib ham chiqmaydi.

Bu haqda "ko'k-anorranglilar" vakili Jozep Vives ma'lum qilgan.

Oldinroq, PSJ kataloniyaliklarga braziliyalikning tovon puli bo'lgan 222 million evroni to'lashga tayyor ekanligi aytilgan edi.

"Biz hotirjamlikni saqlab qolamiz. Biz Neymar klubda qolishini va biz uchun o'ynashda davom etishini istaymiz. U "Barsa" o'yinchisi sifatida o'sishi tarafdorimiz. U dunyoda eng yaxshilardan biri bo'lgan ajoyib futbolchi. Biz qay darajada jiddiy bo'lishidan qati nazar, Neymar bo'yicha takliflarni ko'rib chiqmaymiz. Biz uni sotish haqida hatto o'ylamayapmiz ham. Neymar - dunyoda tengi yo'q bo'lgan hujum uchligining bir qismi", - dedi Vives.


O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: As