Barselona navbatdan tashqari yig'ilish o'tkazadi

Eldor Akmurzayev
26 may 2019
Barselona prezidenti Xosep Bartomeu kelayotgan seshanba kuni favqulodda yig'ilish o'tkazadi.

Mazkur tadbirda klub ustozi Ernesto Valverdening kelajagiga aniqlik kiritiladi. Ko'k-anorranglilar rahbariyati jamoa bosh murabbiyini o'zgartirish kerakligini o'ylamoqda. Biroq, Bartomeu unga ishonishda davom etmoqda. 

Eslatib o'tamiz, 55 yoshli mutaxassis 2017 yilda Bilbaoning Atletik klubidan kataloniyaliklar boshqaruviga o'tgandi. Joriy mavsum u LaLiga titulini qo'lga kiritdi.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Marca