“Barselona”da Bartomeu o'rnini vaqtinchalik kim egallashi ma'lum

Eldor Akmurzayev
28 okt 2020, 19:25
Xabaringiz bor, kataloniyaliklar prezidenti Xosep Bartomeu lavozimini tark etdi.

“Barselona” rasmiy sayti orqali klubning strategik-iqtisodiy komissiyasi raisi Karles Tuskets vaqtinchalik prezident bo'lgani haqida xabar berdi.

Eslatib o'tamiz, 57 yoshli Bartomeu 2014 yildan buyon “ko'kanorranglilar” rahbari sifatida faoliyat olib borayotgan edi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: fcbarcelona.com