"Barselona" mavsumda ikkinchi marta 20+ zarba berib ham g'alabaga erisha olmadi

Mirjalol Normatov
31 dek 2022, 20:53
"Barselona" bugun "Espanol" darvozasi tomon 21 bora zarba yo'lladi.

15-tur doirasidagi Kataloniya derbisi 1:1 hisobida yakunlandi. Bahsda "blaugrana" futbolchilari raqib darvozasi tomon 21 bora zarba yo'llagan bo'lsa, shularning 6tasi darvozaga aniq borgan. "Espanol" esa 4 zarbadan bittasini aniq yo'naltira olgan.

Shu orqali "Barselona" mavsumda ikkinchi marta 20+ zarba berib ham g'alabaga erisha olmadi. Bunga qadar jamoaning "Rayo Valekano" (0:0) bilan uchrashuvida ham shu holat kuzatilgandi. O'shanda "Barsa" raqib darvozasi tomon 21 zarba bergandi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: OptaJose