“Barselona” Martinesga asosiy tarkibdan joy vada qildi

8 may 2020, 22:22
“Barselona” rahbariyati “Inter” hujumchisi Lautaro Martinesning transferi borasida faol muzokara olib bormoqda.

Ko'k-anorranglilar 22 yoshli argentinalik futbolchiga agar u jamoaga o'tadigan bo'lsa, asosiy tarkibdan joy vada qilishmoqda, deya xabar bermoqda Sport.es.

Nashr ma'lumotlariga ko'ra, Martines kataloniyaliklarning hujum chizig'ida asosiy figura sifatida qaralmoqda. Agar Suares ham jamoada qoladigan bo'lsa, kataloniyaliklar hujum chizig'ida ikki nafar hujumchi to'p tepishi yoki Suares zaxirada qoldirilishi mumkin.

Ilgariroq   Lautaro “Barselona” bilan shaxsiy shartnoma   borasida kelishuvga erishganligi borasida xabarlar chiqqandi. Ayni paytda ispanlar “Inter” rahbariyati bilan transfer summasi borasida muzokaralarni davom ettirishmoqda. Milanliklar hujumchi transferidan 111 million evro ishlab olishmoqchi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Sport.es