"Barselona" belgiyalik markaziy himoyachi transferini deyarli hal qildi

Omonjon To`xtamirzayev
30 may 2024
"Barselona" klubi 16 yoshli iqtidorli futbolchi bilan shartnoma imzolashga yaqin.

Kataloniyaliklar "Gent" va Belgiya yoshlar terma jamoasi a'zosi Jorti Mokioni o'z safiga qo'shib olishi mumkin. 

Hozirda ispaniyaliklar futbolchi va uning oila a'zolaridan ijobiy javob kutishmoqda. Masala yaqin bir necha kunda hal bo'lishi kutilmoqda. Mokio "Barselona" safiga erkin agent sifatida borib qo'shiladi.  

"Barsa" Yamal, Kubarsi va Fort asosiy jamoa tarkibida o'ynayotgani Jortiga klubning yosh futbolchilarga tayangan loyihasi maqul kelishiga ishonmoqda. 

Ta'kidlab o'tamiz, iqtidorli futbolchini "Manchester Siti" va "Roma" klublari ham kuzatmoqda.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: Relevo