"Barselona" "Manchester Siti"ning jiddiy muammolaridan foydalanib qolmoqchi

Sherzod Nurmatov
10 fev 2023, 12:45
Kataloniyaliklar "Siti"ning ikki futbolchisini o'z safiga qo'shib olmoqchi.

Bir necha kun oldin "Manchester Siti"ga qarshi ayblovlar haqida ma'lumot paydo bo'lgandi. Go'yo "Shaharliklar" 2009-2018 yillarda bir qancha moliyaviy qonunbuzarliklarga yo'l qo'ygan.

Ayblovlar tasdiqlansa, ingliz jamoasi qattiq jazolanadi. OAV ochkolar olib tashlanishi, chempionlik unvonlarini yo'qotilishi yoki hatto jamoa APLdan chetlatilishi mumkinligi haqida bong urdi.

"Barselona" vaziyatni diqqat bilan kuzatib bormoqda. Kataloniyaliklar "Manchester Siti"ga qo'yilgan har qanday jazo bazi muhim futbolchilarning ketish ehtimolini oshirishini biladi.

"Mundo Deportivo" xabariga ko'ra, "Barselona" Bernardu Silva va Ilkay Gyundoganga qiziqish bildirmoqda. "Ko'k-anorranglilar" agar "Manchester Siti" o'z yulduzlarini sotishga majbur bo'lsa, ikki yarim himoyachini ham arzon narxda sotib olishga umid qilmoqda. Kataloniya klubi bir yil avval Silvani sotib olishga harakat qilgan, ammo transfer yakunida muvaffaqiyatsizlikka uchragan edi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Mundo Deportivo