"Barselona" "Manchester Siti"ning 5 futbolchisiga da'vogarlik qilmoqda

Sherzod Nurmatov
9 iyun 2021, 00:14
Kataloniya klubi "Manchester Siti"dan Serxio Aguero va Erik Garsiyani xarid qilginidan xabaringiz bor.

Endilikda kataloniyaliklar "shaharliklar"ning yana bir nechta o'yinchisini sotib olish variantini ko'rib chiqishmoqda. "Ko'k-anorranglilar"ning asosiy maqsadlari – Raxim Sterling, Ilkay Gyundogan va Riyad Mahrez. Shuningdek, "Barselona" Emerik Lyaport va Gabriel Jezusni sotib olishga qiziqmoqda.

"Barsa" yaqinda "Liverpul" yarim himoyachisi Jorjino Veynaldumni qo'ldan boy berdi, u PSJga o'tmoqda.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Everything Barca