"Barselona" "Manchester Siti" futbolchisi uchun 15 million taklif qildi

Alisher
7 avg 2020, 18:08
Ispaniyalik futbolchi vataniga qaytishga yaqin.

"Barselona" ayni damda "Manchester Siti"da to'p tepayotgan himoyachi Erik Garsiyani ortga qaytarmoqchi. 

Kataloniyaliklar futbolchi uchun 15 million evro to'lashga tayyor. Garsiyaning o'zi ham "shaharliklar" bilan shartnomasini uzaytirishni xohlamayapti.

Bitim tez orada amalga oshishi kutilmoqda. "Barsa" Garsiyani 2017 yilda "Man Siti"ga 1,7 million evro evaziga qo'yib yuborgan edi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: goal.com