"Barselona" "Malaga" prezidenti so'zlariga javob qaytardi

Aslanov Jasurbek
27 apr 2017, 16:10
"Barselona" rahbariyati "Malaga" prezidenti Abdulla bin Nosir Al-Tanining so'zlariga rasmiy javob qaytardi.

"Malaga" prezidenti: Kataloniya yuvindilari chempionatda g'alaba tamini tatib ko'rishmaydi"

Ko'k-anorranglilar bayonotida shunday deyiladi: "Barselona" Al-Tani so'zlaridan hayratda. Uning gaplari feyr-pley, odob va qonun qoidalariga to'g'ri kelmaydi. Shu sababli klubimiz zo'ravonlikka qarshi Ispaniyaning yuqori sport sudiga murojaat qiladi. Bundan tashqari, mamlakat futbol federatsiyasi va professional futbol ligasiga ham murojaat qilamiz".


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.com