"Barselona" Luis Suaresni qaytarishi mumkin

Aziz Tukhtamuradov
24 iyun 2022, 09:52
Urugvaylik futbolchi Luis Suares "Barselona"ga qaytishi mumkin.

Ma'lumotlarga qaraganda, "Barselona" vakili Suares bilan bog'langan va futbolchining klubga qaytish masalasini muhokama qilgan. 

Kataloniyaliklar undan avgust oyigacha kutib turishlarini so'rashgan. "Barsa"ning asosiy maqsadi Robert Levandovski hisoblanadi. 

Suares 2014-2020 yillar davomida "Barselona"da o'ynagan. Uning so'nggi jamoasi "Atletiko" bo'lgandi. 

Urugvaylik futbolchi oldida "Sevilya", "Vilyarreal" va "River Pleyt" jamoalaridan taklif bor. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: Sport.es