"Barselona" "Lids"ga Rafinyaning transferi borasida rasmiy taklif berdi

Alisher
1 iyul 2022, 15:37
"Barselona" yarim himoyachi Rafinya Diasning transferi borasida "Lids"ga rasmiy taklif berdi.

Jurnalist Fabricio Romanoning xabariga ko'ra, Kataloniya klubi 29 iyunda Angliya klubi bilan transferni og'zaki muhokama qildi, 30 iyunda esa barcha qog'ozlarni rasmiylashtirishdi.

Qayd etish kerakki, Angliya klubi "Chelsi" bilan kelishuv sabab "ko'k-anorranglilar" taklifini qabul qilmoqchi emas.

Shu bilan birga, yarim himoyachi va uning agenti Deku hali "aristokratlar" safiga o'tishga rozilik bildirishmadi.

Rafinya o'tgan mavsum "Lids" tarkibida barcha musobaqalarda 35ta o'yinda maydonga tushib, 11ta gol va 3ta assist qayd etdi. Uning klub bilan shartnomasi 2024 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano